"Real"ning sobiq futbolchisi Mbappega maslahat bergan edi

«Real» va «PSJ» klublarida to'p tepgan hujumchi Xese Rodriges bir vaqtlar hujumchi Kilian Mbappega bergan maslahatlari haqida gapirdi.
"PSJdan ketganimda, "Real" Mbappeni sotib olmoqchi edi. U mendan: "Madrid qanday? Klub qanday?" deb so'ragandi.
"Siz nimani orzu qilasiz?", dedim. U javob berdi: "Oltin to'pni qo'lga kiritishim kerak".
Keyin men: "Real Madridga borishingiz kerak, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritasiz", - degandim dedi Xese.