"Real" o'tgan yakshanba kuni La Ligada o'z maydonida "Selta"ga yutqazib qo'ydi - 0:2.

Ushbu bahsda "qirollik klubi"ning qizil kartochka olgan futbolchilariga jazo tayinlandi.

Unga ko'ra, Fran Garsiya 1 ta o'yinga, Dani Karvaxal, Alvaro Karreras va Endrik ikkitadan o'yinga chetlatildi.

"Real" La Ligada navbatdagi o'yinini 14 dekabr kuni safarda "Alaves"ga qarshi o'tkazadi.