«Bavariya» vingeri Maykl Olise katta ehtimol bilan ushbu yozda «Real»ga o'tmaydi.

Jurnalist Mario Kortegananing ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubiga yaqin manbalar «qaymoqranglilar» bu yozda frantsiyalikni sotib olishning imkoni yo'qligini tushuntirishganini xabar qilmoqda.

Maykl Olise 2024 yilda «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga 53 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda frantsuz myunxenliklar tarkibida barcha turnirlarda 52 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Olisening qiymatini 150 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz