"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda Diario AS.

Manbaga ko'ra, 33 yoshli ispaniyalik navbatdagi o'yingacha tiklanib ulgurmaydi. U 8 yanvar kuni "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Superkubogi bahsiga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

Karvaxal 2025 yil noyabr oyi boshida tizzasidan jarohat olgan va uni davolash uchun operatsiya qilingan.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi sakkizta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi.