Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao La Liganing yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashga tayyor.

Ispaniya OAVlari taxmin qilganidek, braziliyalik shanba kungi mashg'ulotlarda jarohat olgan bo'lishi mumkin edi, biroq bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Madrid Universal nashri tarqatgan xabarga ko'ra 27 yoshli futbolchi bugungi bellashuvda maydonga tushadi. Bosh murabbiy Xabi Alonso markaziy himoyachini asosiy tarkibda Din Xyoysen bilan tandem hosil qilishini kutmoqda.

"Rayo Valekano"ga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi. "Real" 11-turdan keyin 30 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.