"Real"ning muhim futbolchisi "el-klasiko"da jarohat oldi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'yinda jarohat olgani gumon qilinib, zaxiraga olindi.
Urugvaylik futbolchi jamoani sardorlik bog'ichi bilan maydonga boshlab tushdi, biroq 68-daqiqada uchrashuvni muddatidan oldin yakunlashga majbur bo'ldi - uning o'rnini Arda Gyuler egalladi. Jurnalist Alvaro Estebanning xabar berishicha, 27 yoshli xavbek o'ng tizzasida noqulaylik sezgan. Dushanba kuni o'yinchi muammoning jiddiylik darajasini aniqlash uchun tekshiruvdan o'tadi.
"Qaymoqranglilar" finalda "ko'k-anorranglilar"ga yutqazdi - 2:3. Hal qiluvchi gol Federiko Valverde maydonni tark etganidan besh daqiqa o'tib Rafinya Dias tomonidan kiritildi.