Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen bugun Ispaniya qarorgohini jarohat sabab tark etgani xabar berilgan edi.

Jurnalist Arancha Rodriges xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchida jarohat yo'q. U shunchaki charchoq his qilmoqda.

Xyoysen 23 noyabrga belgilangan "Elche" - "Real" o'yinida ishtirok etadi.

U joriy mavsumda jami 18 ta o'yinda 1 ta golli uzatma berdi.