Kilian Mbappe va Arda Gyuler joriy mavsumda yaratilgan golli imkoniyatlar soni bo'yicha Evropaning beshta etakchi ligalari futbolchilari reytingida etakchilik qilmoqda.

Frantsiyalik va turkiyalik futbolchilar La Liganing shanba kungi "Real Sosedad"ga (2:1) qarshi o'yinida asosiy qahramonlardan biriga aylanishdi: ikkalasi ham bittadan gol urishdi. WhoScored ma'lumotiga ko'ra, ayni damda Mbappe va Gyuler joriy mavsumda kuchli beshlikning barcha vakillari orasida zarbalar bilan yakunlanayotgan paslar soni bo'yicha etakchilik qilmoqda - 14 tadan. Keyingi o'rinlarda Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Nikolya Pepe ("Vilyarreal") va Meyson Grinvud ("Marsel") - 12 tadan.