"Real"ning DJ'lari kim? Mbappe javob berdi

Madridning "Real" klubi yulduz hujumchisi Kilian Mbappe "qirollik klubi" kiyinish xonasidagi musiqa uchun qaysi futbolchi mas'ul ekanini aytdi.
"Ko'pincha Kamavinga DJ hisoblanadi. Lekin musiqani oxirgi marta Vinisius qo'ygandi. U ashula aytishni yaxshi biladi. Yana Tchuameni ham musiqa qo'yishi mumkin," - deya frantsuz hujumchisining so'zlarini keltiradi Bild.