"Real"ning "Barselona"dan asosiy farqi nimada ekanligi aytildi

Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Ippolito Rinkon bugungi "Barselona"ning Xabi Alonso jamoasidan asosiy farqini aytdi.
Mutaxassisning fikricha, "Real"ga maydonda va kiyinish xonasida hamjihatlik etishmayapti.
"Barsa"da barcha nima qilishini biladi. Ular jamoa. Bizga "Real"da aynan shu narsa etishmayapti," - dedi Rinkon Marca gazetasiga.
"Real" 18-turdan keyin 42 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Barselona" 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.