“Real”ning barcha harakatlari chippakka chiqdi

Madridning “Real” klubi himoyachi Din Xyoysenning diskvalifikatsiyasini bekor qila olmadi.
Texnik hakamlar qo'mitasi futbolchini "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda qizil kartochka o'rniga sariq kartochkaga loyiq deb topdi, ammo bu qaror boshqalar uchun jiddiy dalil bo'lmadi. Tartib-intizom qo'mitasi Xyoysenni bir o'yinga diskvalifikaciya qildi va apellyatsiyani rad etdi.
Shundan so'ng Madridning “Real” klubi sport bo'yicha ma'muriy tribunalga murojaat qildi, biroq u ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deb xabar beradi Marca.