«Real»ning 7 nafar futbolchisi «Siti»ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi aniq

Madridning "Real" klubi chorshanba oqshomida Chempionlar Ligasi 6-turida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.
Ushbu bahsda "qirollik klubi" tarkibida jarohatlar sabab Din Xyoysen, Eduardo Kamavinga, Eder Militao, David Alaba, Trent Aleksandr-Arnold, Ferlan Mendi va Dani Karvaxal ishtirok etmasligi aniq bo'lgan.
"Real" - "Manchester Siti" uchrashuvi 10-dan 11 dekabrga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.
Manba: www.stadion.uz.