Madridning "Real" klubi shanba kuni La Liga 20-turi doirasida "Levante"ni qabul qiladi.

"Qirollik klubi" bugun o'yindan oldingi so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazdi. Unda Eder Militao, Andrey Lunin, Antonio Ryudiger, Trent Aleksandr-Arnold, Rodrigo va Ferlan Mendi ishtirok etmadi.

Katta ehtimol bilan ular ertangi o'yinni o'tkazib yuborishadi.

"Real" - "Levante" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.