"Real"ning 4 nafar futbolchisi "Benfika"ga qarshi o'yindan oldingi so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi

25 fevral kuni Madridning "Real" klubi Chempionlar Ligasi o'tish bosqichi doirasidagi javob o'yinida "Benfika"ni qabul qiladi.
"Qaymoqranglilar" "burgutlar"ga qarshi so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotini yakunladi.
Eder Militao, Din Xyoysen, Jud Bellingem va Rodrigo ushbu mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi va katta ehtimol bilan ertaga o'ynamaydi.