"Real"ning 4 futbolchisi o'yin oldidan mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi

"Real" Ispaniya chempionatining "Elche"ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Shanba kuni Xabi Alonso jamoasi ushbu o'yin oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi.
Madrid Xtra xabariga ko'ra, mashg'ulotga 4 nafar futbolchi - himoyachilar Dani Karvaxal, Eder Militao va David Alaba, shuningdek, hujumkor yarimhimoyachi Franko Mastantuono tashrif buyurmagan.
"Real"ning jarohat olgan futbolchilari ro'yxatida Antonio Ryudiger va Orelen Tchuameni ham bor.