«Real»ning 19 yoshli himoyachisi La Ligadagi debyuti haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Diego Aguado La Ligada ilk bor maydonga tushdi.
19 yoshli futbolchi shanba kuni «Elche»ga qarshi kechgan bahsning 61-daqiqasida Antonio Ryudigerning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.
«Bu ta'riflab bo'lmas tuyg'u. Klubga kelgan ilk kunimdayoq ushbu lahza haqida orzu qilgandim. Meni mashg'ulotlarga olib borgan ota-onamning qo'llab-quvvatlovi tufayli asta-sekin bunga erishdim. His-tuyg'ularimni ifodalashga so'z ojiz. Arbeloa mendan erkin o'ynashimni va shunchaki o'zim bilgan ishni qilishimni so'radi. Ushbu futbolka xonamda ramkaga solib qo'yiladi», — dedi Aguado jurnalistlar bilan suhbatda.