«Real» nima uchun Entso Fernandes transferidan voz kechgani ma'lum bo'ldi

Madridning «Real» klubi shu yozda «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesni sotib olmaslikka qaror qildi.
Ispaniya klubi qimmatbaho argentinalik futbolchining ehtimoliy transferi haqidagi tinimsiz gap-so'zlarga chek qo'yish maqsadida hatto rasmiy bayonot ham e'lon qildi. Jurnalist Ramon Alvaresning xabar berishicha, «Real» rahbariyati va murabbiylar shtabi Fernandesni Federiko Valverde hamda Jud Bellingem bilan taktik jihatdan mos kelmaydi, deb hisoblamoqda. «Qaymoqranglilar» maydon markazidagi o'yinni aynan urugvaylik va inglizlik futbolchilar atrofida qurishni rejalashtirishgan.
Transfermarkt portali Entso Fernandesning transfer bahosini 90 million evroga baholagan. Eslatib o'tamiz, avvalroq Madrid grandi «Chelsi»ning boshqa bir a'zosi — chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyani o'z safiga qo'shib olgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar