«Real» muxlislarini xursand qiladigan xabar bor

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem to'p bilan mashg'ulotlarni boshlashga tayyor. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi yangi haftadayoq to'p bilan yugurish mashg'ulotlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, uning umumiy guruhda qisman ishtirok etishi ham istisno etilmaydi. Ta'kidlanishicha, Bellingem o'zini juda yaxshi his qilmoqda va jamoasiga imkon qadar tezroq yordam berishni xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Bellingemning elkasida jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan, shu bois u joriy mavsumda maydonga tushgani yo'q. "Real"ning navbatdagi o'yini 13 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Shu kuni Xabi Alonso shogirdlari "Real Sosedad" mehmoni bo'ladi.