«Real» muxlislariga Mbappe bo'yicha xushxabar bor

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Xetafe"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.
Marca xabariga ko'ra, 26 yoshli frantsuz jamoaning bugungi umumiy guruh mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etgan.
Mbappe yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Xetafe" bilan o'yinda katta ehtimol bilan ishtirok etadi.