"Real" muxlislari "Xetafe"ga qarshi o'yinda Peresning iste'fosini talab qilishdi

Dushanba, 2 mart kuni La Liganing 26-turida "Real Madrid" va "Xetafe" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. O'yin mehmonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Marca nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" muxlislari klub prezidenti Florentino Peresning iste'fosini talab qilishdi.
Final hushtagidan so'ng, "Santyago Bernabeu"da hozir bo'lganlar "Florentino iste'foga chiqsin!" deb baqirishdi.
Kommentariyalar