"Real" muxlislari Negreyrani eslashdi

"Real" muxlislari "Malorka"ga qarshi o'yinda hakamlardan norozi bo'lishdi.
Madrid klubi La Liganing 3-turida 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu o'yinda hakamlar Kilian Mbappening ikki goli "o'yindan tashqari holat" tufayli, Arda Gyulerning goli esa qo'l bilan o'ynagani uchun inobatga olishmadi.
Frantsuzning birinchi goli bekor qilinganidan so'ng, "qaymoqranglilar" muxlislari "Federatsiyada korruptsiya" deb hayqirishdi. Turk futbolchisining goli hisobga olinmaganda, "Real" muxlislari "Negreyra, Negreyra" deb baqirishdi.
Uchrashuv bosh hakami Xose Mariya Sanches Martines bo'ldi. VAR uchun Xuan Santana javobgar edi.