«Real» muxlislari Florentino Peresni keskin tanqid qildi (foto)

«Real» Madridning eng faol muxlislar guruhlaridan biri bo'lgan «Ultras Sur» klub prezidenti Florentino Peresning faoliyatiga keskin e'tiroz bildirdi. Muxlislar prezidentga nisbatan og'ir ayblovlar aks etgan bannerni namoyish qilishdi.
Ishqibozlar o'z bannerida Peresga tibbiy tashxis qo'yish darajasigacha borishdi va uni «aqli zaiflik» (dementsiya)da ayblashdi.
«Dementsiyadan aziyat chekayotgan prezident bilan bizning mavsumimiz aprel oyidayoq tugamoqda», — deb yozilgan «Ultras Sur» guruhi tomonidan ilingan bannerda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Florentino Peres «Real» prezidentligi uchun muddatidan oldin saylovlar o'tkazilishini e'lon qilgan edi. U saylov jarayonini tezroq boshlashga qaror qilgan va o'z nomzodini yana qayta qo'yish niyatida.