"Real" muxlislari klub prezidenti Florentino Peresning iste'fosini talab qildi.

Madrid jamoasi La Liganing 20-turida o'z maydonida "Levante"ga qarshi bahs olib bordi — 2:0. O'yin davomida mezbonlarning muxlislari "Florentino, ket!", deya hayqirishdi.

Bundan tashqari, tribunalardagi tomoshabinlar vinger Vinisius Junior to'pni qabul qilib olgan vaqtga kuchli hushtakbozlik amalga oshirishdi.