"Real" muhim futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi

Jurnalist Alberto Pereyroning ma'lumot berishicha, Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Orelen Tchuameni bilan shartnomani uzaytirishga qaratilgan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.
Hozirgi kunda frantsuz futbolchisining “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan, ammo klub uni uzaytirish orqali o'yinchiga bo'lgan ishonchini yana bir bor tasdiqlamoqchi.
“Real” rahbariyati Tchuamenini jamoaning kelajakdagi markaziy figuralaridan biri sifatida ko'radi va uni uzoq muddatli loyiha doirasida saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Madrid klubiga 2022 yilda “Monako”dan qo'shilgan.