«Real» Mourino uchun «Benfika»ga kutilganidan ko'proq tovon puli to'lashga majbur bo'ladi

Madridning «Real» klubi «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino shartnomasidagi 7 millionlik evrolik tovon puli bandini faollashtirishga ulgurmaydi. Bunga Ispaniya klubidagi prezidentlik saylovlari sabab bo'lmoqda. «Qaymoqranglilar» ushbu imkoniyatdan 26 may, seshanbaga qadar foydalanishi mumkin edi. Bu haqda RTP xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, hozirgi vaziyatda «Real» portugaliyalik mutaxassis uchun 15 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, Mourinoning «Qirollik klubi»ga qaytishi «hal bo'lgan masala» ekani ta'kidlanmoqda.
«Benfika» rahbariyati Mourinodan keyin jamoani hozirda «Fulxem»ni boshqarayotgan Marku Silva qabul qilib olishini istashmoqda. Lissabon klubi prezidenti Ruy Koshta mutaxassisni Angliyani tark etishga ko'ndirishga urinmoqda.