Joze Mourinoning «Real» bosh murabbiyligiga qaytishi endi faqat vaqt masalasi. Printsipial jihatdan barchasi hal bo'lib ulgurgan. The Touchline nashrining xabariga ko'ra, Mourinoga top-klubni boshqarishga hali ham qodir ekanligini isbotlash uchun bir mavsum vaqt beriladi.

Birinchi mavsum uchun Mourino oldiga uchta asosiy vazifa qo'yiladi:

Ispaniya chempionatida g'olib chiqish;

Chempionlar ligasida munosib ishtirok etish — kamida yarim finalgacha etib borish;

Kiyinish xonasida tartib o'rnatish — ichki mojarolarni hal qilish va futbolchilarning «ego»sini jilovlash.

«Real» 2025/2026 yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlamoqda. Madrid klubi uchun bunday natija muvaffaqiyatsizlik deb hisoblanadi.