"Real Madrid" rahbariyati Joze Mourino bilan olib borilayotgan muzokaralarda muhim shartni o'rtaga tashladi.

Klub rahbariyati amaldagi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bosh murabbiy Antonio Pintusning yangi shtabda o'z o'rnini saqlab qolishini istamoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Pintusning qolishi Florentino Peres uchun muzokaralardagi bosh ustuvorlik hisoblanadi. Biroq hozircha Mourinoning ushbu shartga rozi bo'lish-bo'lmasligi noma'lum. Portugaliyalik mutaxassis odatda o'z shtabini to'liq o'zi shakllantirishni ma'qul ko'radi.