"Real"mi yoki "Liverpul"? Konate kelajagi bo'yicha bir qarorga kelmoqchi

"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate o'z kelajagi jahon chempionatiga qadar hal bo'lishini istamoqda. Bu haqda L’Equipe nashri sahifalarida ma'lum qilindi.
Eng ehtimolli stsenariy — Konatening "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirishidir. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar jarayoni tanaffusdan so'ng qayta tiklandi.
Konatening "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Avvalroq matbuotda frantsiyalik futbolchi "Real"ga o'tishni xohlayotgani va taklif kutayotgani haqida yozilgan edi.
Konate "Liverpul"dagi beshinchi mavsumini yakunlamoqda. Frantsiyalik himoyachi "qizillar" safida 174 ta o'yin o'tkazib, ularda ettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.