Madridning «Real» klubi rahbariyati «Oltin to'p» jamoa o'yinchilaridan biri — Kilian Mbappe yoki Jud Bellingemga nasib etishini istamoqda. Bu haqda El Debate xabar bermoqda.

«Qirollik klubi»ning argumenti shundaki, Vinisius Junior 2024 yilda «Real»da ajoyib mavsum o'tkazgan bo'lsa-da, «Oltin to'p»ni qo'lga kirita olmagan. O'shanda sport olami tanlovini «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesga qaratgandi, u Ispaniya terma jamoasining Evro-2024dagi g'alabasida asosiy rollardan birini o'ynagan edi.

Endi «Real»da xuddi shu stsenariy 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin ham takrorlanishi kerak deb hisoblashmoqda. Shu bois, agar turnirda Frantsiya yoki Angliya g'olib chiqsa, klub mukofot Mbappe yoki Bellingemga berilishiga umid qilmoqda.

Manba: Stadion.uz