Biroz avval "Real" hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sabab Frantsiya terma jamoasi qarorgohini tark etgani ma'lum bo'lgan edi.

"Qirollik klubi" ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli futbolchi tibbiy tekshiruvlardan o'tishi shart emas. U dam oladi va keyingi haftada mashg'ulotlarga qaytadi, uning "Elche" bilan o'yindagi ishtiroki xavf ostida emas.

Shuningdek, yana bir frantsuz Kamavinganing mushaklari haddan tashqari zo'riqqani aytildi - u ham "Elche"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

"Elche" - "Real" uchrashuvi 23 noyabrga belgilangan.