Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise joriy transfer oynasida Madridning «Real» klubi uchun asosiy maqsad bo'lib turibdi.

Mundo Deportivo jurnalistlarining xabar berishicha, «qaymoqranglilar» rahbari Florentino Peres yulduz vingerni qo'lga kiritish uchun bor kuchini ishga soladi. Prezident muzokaralarda Mayklning milliy jamoadagi sheriklari bo'lgan Kilian Mbappe va Orelen Tchuamenining yordamiga umid qilmoqda.

Transfermarkt 24 yoshli frantsiyalik futbolchining bozor qiymatini 150 million evroga baholamoqda. Olisening «Bavariya» bilan shartnoma majburiyatlari 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Manba: Stadion.uz