"Real" Mbappe haqidagi yangilikni e'lon qildi

Kilian Mbappe tekshiruvdan o'tdi. "Real" rasmiy saytida aytilishicha, frantsuz hujumchisida chap oyog'ining yarim pay mushagi shikastlangani aniqlangan. "Real" Mbappening tiklanish muddatlarini aniq aytmayapti.
"Keyingi holat tiklanish dinamikasiga bog'liq bo'ladi," - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, juma kuni Kilian Mbappe La Liganing "Betis"ga qarshi o'yini (1:1) yakuniga yaqin almashtirishni so'ragan edi. "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Barselona"dan Alvaro Arbeloning jamoasi 11 ochkoga ortda qolmoqda.