«Real» Mbappe bilan shartnomani bekor qilishga chaqiruvchi petitsiya 11 milliondan ortiq imzo to'pladi

Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappeni Madridning «Real» klubidan ketishini talab qiluvchi petitsiya 11 milliondan ortiq imzo to'pladi.
Avvalroq, Kilian jamoadagi ayrim sheriklarining, jumladan Vinisius Juniorning xatti-harakatlaridan norozi ekani xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchi Ispaniya chempionatining 35-turidagi «Barselona»ga qarshi o'yin oldidan Italiyaga dam olish uchun yo'l olgani sabab muxlislar tanqidiga uchradi. Shu bilan birga, Mbappe 24 aprel kuni La Liga doirasida «Betis» (1:1)ga qarshi uchrashuvda olgan jarohatidan tiklanmoqda. «Barselona»ga qarshi bahs 10 may kuni bo'lib o'tadi.
27 yoshli Kilian Mbappe 2024 yildan buyon «Real» safida to'p tepmoqda. Uning avvalgi jamoasi Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi bo'lgan.
Manba: championat.com