Bugun, 10 dekabr tunda Chempionlar ligasi 6-turida "Real" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Mazkur bahsda maydon egalari safida Dani Karvaxal, Eder Militao, Trent Aleksandr-Arnold, Ferlan Mendi, Eduardo Kamavinga, Din Xyoysen va David Alaba ishtirok etmaydi.

"Shaharliklar" lazaretida Mateo Kovachich va Rodri bor. Shuningdek, Jon Stounzning o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.

Bellashuv tungi soat 01:00'da start oladi.

Manba: www.stadion.uz.