«Real» — «Man Siti». Uchrashuvda jamoalarning imkoniyatlari baholandi

Bugun, 10 dekabr kuni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o'rin olgan Madridning "Real" hamda "Manchester Siti" jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
Ekspertlar 34,1 foiz ehtimol bilan "Real"ning g'alabasini, 41,3 foiz ehtimol bilan "Manchester Siti"ning g'alabasini, 24,6 foiz ehtimol bilan o'yindagi durangni taxmin qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tkazilgan 5ta o'yindan so'ng "Real" hisobida 12 ochko bor, "Manchester Siti" esa 10 ochko jamg'argan.