"Real Madrid"ning Vinisius Juniorni sotishdan qancha daromad olishni xohlayotgani ma'lum bo'ldi.

"Los Blankos" braziliyalik futbolchi uchun 150 million evro miqdorida narxni belgiladi, deb xabar beradi insayder Sasha Tavoleri.

Manbaning so'zlariga ko'ra, Vinisius va "Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso o'rtasida ziddiyatlar saqlanib qolmoqda. Shuning uchun klub braziliyalik yulduzni sotishni ko'rib chiqishga tayyor.