"Marsel" "Real"ning 29 yoshli yarim himoyachisi Dani Sebalosning transferini muhokama qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, gap majburiy bo'lishi mumkin bo'lgan sotib olish imkoniyati bilan ijara haqida ketmoqda.

Sebalos o'tgan mavsumda La Ligada 23 ta o'yinda maydonga tushib, birorta golda qatnashmadi.