"Real Madrid"ning "Oltin to'p"ni topshirish marosimidagi pozitsiyasi noma'lumligicha qolmoqda.

O'tgan yili klub mukofotni boykot qilib, ko'pchilikni hayratda qoldirgan va bu yil ham shunday bo'lishi kutilgandi.

Biroq, jurnalist Xose Luis Sanchesning so'zlariga ko'ra, "Los Blankos" hali ham o'z delegati Emilio Butragenoni tadbirga yuborishi mumkin.

Tashkilotchilarga ma'lumki, oxirgi daqiqada qaror qabul qilinadi. Bugun Parijda “Oltin to'p”ni topshirish marosimi bo'lib o'tadi.