"Real Madrid" o'tgan transfer oynasida ancha kuchaydi.

"Los-Blankos"ning uchta yangi o'yinchisi o'tgan yozda La Ligadagi eng qimmat xaridlar reytingida dastlabki uch pog'onani egalladi - gap Din Xyoysen ("Bornmut", 62,5 million evro), Alvaro Karreras ("Benfika", 50 million) va Franko Mastantuono ("River Pleyt") haqida ketmoqda.

E'tiborlisi, amaldagi chempion "Barselona"ning faqat bitta xaridi eng yirik bitimlar o'ntaligiga kirgan - "Espanol"dan 25 million evroga sotib olingan Joan Garsiya.

Darvozabon ro'yxatda ettinchi o'rinni egallab turibdi.