"Real Madrid" skautlari nima uchun Dortmundga tashrif buyurgandi?

"Real Madrid" yozgi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Har doimgidek, "qirollik klubi"ning ustuvor vazifasi markaziy himoyani kuchaytirishdir. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Los Blankos" bu yozda bir yoki ikkita markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Short-listning boshida "Borussiya Dortmund"dan Niko Shlotterbek bor. La Liga giganti skautlari 26 yoshli futbolchining yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o'yinini baholash uchun "asalarilar"ning yaqinda bo'lib o'tgan "Bavariya"ga qarshi o'yiniga tashrif buyurishdi.