"Real Madrid" nima uchun yangi transferlardan voz kechdi?

"Real Madrid" markaziy himoyachilar Ibrahima Konate va Dayot Upamekanoga qiziqishni yo'qotdi.
Diario AS nashrining xabar berishicha, La Liga giganti moliyaviy sabablarga ko'ra ikkala futbolchidan ham sovib qolishgan: ikkala markaziy himoyachining agentlari mijozlari uchun tobora yuqori maosh talab qilishgan.
Oxir-oqibat, "qirollik klubi" sabrini yo'qotdi va muzokaralardan voz kechdi.