"Real Madrid"dan ijaraga olingan "Lion" hujumchisi Endrik Liga 1dagi birinchi o'yinini ajoyib o'tkazdi.

Braziliyalik futbolchi jamoada zarbalar, yaratilgan imkoniyatlar va muvaffaqiyatli driblinglar bo'yicha etakchilik qildi, shuningdek, "Brest"ga qarshi o'yinda golli uzatmani amalga oshirdi.

Uchrashuv "Lion"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Final hushtagidan so'ng 19 yoshli futbolchi "Bahsning eng yaxshi o'yinchisi" mukofotiga sazovor bo'ldi.