"Real Madrid" Entso uchun katta pul taklif qiladi

"Real Madrid" yozgi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
La Liga superklubining maqsadlaridan biri yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashdir. Vitinyadan so'ng Madrid klubi e'tiborini boshqa o'yinchi - Entso Fernandesga qaratdi.
Fichajes nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" Fernandes uchun "Chelsi"ga 120 million evro taklif qilishga tayyorlanmoqda.
Argentinalik futbolchi Madrid klubi prezidenti Florentino Peresning sevimli futbolchisi hisoblanadi.