"Real Madrid" La Liganing o'ninchi turida "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Mezbon jamoa safida Kilian Mbappe va Jud Bellingem, mehmonlar safida esa Fermin Lopes gol urdi.

Opta ma'lumotlariga ko'ra, "Los Blankos" yangi murabbiy qo'l ostidagi birinchi "el-klasiko"sida jami 23 ta zarba yo'lladi - bu 2003/04 mavsumdan beri rekord natijadir.

Oldingi rekord "Barsa"ning sobiq murabbiyi Frank Raykardga tegishli edi: niderlandiyalik murabbiy shogirdlari raqib  darvozasiga 21 ta zarba yo'llagan.