"Real Madrid"da bu borada hali tuzukroq reja yo'q

"Real Madrid" Tibo Kurtuaning kelajakdagi davomchisi kim bo'lishi mumkinligi haqida hali ham o'ylab ko'rmagan.
Belgiyalik futbolchi o'zini dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida uzoq vaqtdan beri ko'rsatib kelmoqda, ammo u may oyida 34 yoshga to'ladi.
Jurnalist Xorxe Pikonning so'zlariga ko'ra, Kurtuaning kelajakdagi o'rnini bosuvchi shaxs haqidagi savol "Los Blankos" rahbariyatini xavotirga solmoqda.