"Real" Dayo Upamekanoga qiziqish bildirmoqda.

Bild xabariga ko'ra, Madrid klubi "Bavariya" himoyachisi bilan kelasi yili bepul transfer bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.

"Bavariya" va Upamekano 6 oydan ortiq vaqtdan beri kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo hamkorlikning moliyaviy qismi bo'yicha haligacha kelishib olishmagan. Hozirda futbolchi yiliga 16 million evrogacha maosh oladi, biroq uning maoshi oshirilishini istamoqda.

Dayo Bundesliganing o'tgan mavsumida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.