"Real Madrid" "Barselona"ning ishini kuzatib bormoqda

“Negreyra ishi” deb atalmish voqea davom etmoqda. O'tgan hafta bir nechta asosiy shaxslar guvohlik berdi.
"Barselona" korruptsiya va firibgarlikda ayblanayotgani ma'lum. Bir vaqtlar klub hakamlar texnik qo'mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Negreyra jamoasiga pul to'lagan.
Biroq, klubning ta'kidlashicha, to'lovlar hakamlik uchun emas, balki hakamlik ishini rivojlantirish uchun berilgan.
Marca nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" bu holatda "Barselona" uchun maksimal jazo qo'llanishi tarafdori.
Madrid klubi sud hukmini kutgan holda ishni diqqat bilan kuzatib bormoqda.