"Real" penaltilar soni bo'yicha La Liganing joriy mavsumdagi peshqadami.

14-turda "Jirona"ga qarshi o'yinda Madrid klubi ushbu chempionatdagi 7-penaltini aniq amalga oshirdi - Kilian Mbappe zarbani golga aylantirdi (1:1).

"Real" etti imkoniyatdan beshtasida gol urdi, ikki urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

"Madrid" o'z tarixida ikkinchi marta 14 turda 7 ta penalti tepgan. 2014/15 yilgi mavsumda ham shunday natija qayd etilgandi.