"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde kataloniyaliklarning to'g'ridan-to'g'ri raqibi safiga o'tishi mumkin. Frantsuzning xizmatlariga "Real" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Topskills Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Barselona" agar taklif 60-80 mln evroni tashkil etsa, "Real" taklifini ko'rib chiqishga tayyor bo'ladi.

Qayd etilishicha, Kunde uchun APLning bir qator top-klublari ham da'vogarlik qilmoqda. Futbolchi uchun kurashda "Real"ning asosiy raqobatchisi Londonning "Chelsi" klubi bo'ladi.