«Real» «klasiko»larda g'alaba bo'yicha yana farqni oshirib oldi

"Real" "Barselona"ga "klasiko"dagi g'alabalar bo'yicha etib olishga imkon bermadi.
Bugun "Madrid" La Liga bahsida kataloniyaliklarni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Klublar turli rasmiy turnirlarda 262 marta to'qnash kelishgan. "Real" 106, "Barselona" 104 marta g'alaba qozongan, yana 52 o'yinda durang qayd etilgan.